Windows Install Guide

Qarzly Windows dasturini 3 bosqichda to'g'ri o'rnating

Agar Windows sertifikat bo'yicha ogohlantirish chiqarsa, bu normal. Avval sertifikatni o'rnatasiz, keyin admin yoki seller dasturini ishga tushirasiz. Shu sahifa birinchi install uchun tayyor yo'riqnoma.

Sertifikat bilan xavfsiz o'rnatish Keyingi versiyalar auto update bo'ladi Windows 10/11 uchun
1

Sertifikatni o'rnating

Agar App Installer sertifikat bo'yicha ogohlantirish chiqarsa, quyidagini qiling:

  1. `qarzly_msix.cer` faylni oching.
  2. `Install Certificate...` ni bosing.
  3. `Local Machine` ni tanlang.
  4. `Place all certificates in the following store` ni tanlang.
  5. `Trusted Root Certification Authorities` ni tanlang.
  6. `Finish` ni bosing.
2

Dastur linkini oching

Sertifikat o'rnatilgandan keyin kerakli dastur linkini oching:

  1. Admin ishlatsangiz `qarzly_admin.appinstaller` ni oching.
  2. Seller ishlatsangiz `qarzly_sotuv.appinstaller` ni oching.
  3. Windows App Installer ochilgach `Install` yoki `Run` ni bosing.
3

Keyingi update'lar avtomatik

Birinchi install tugagach, keyingi Windows release'lar shu bir xil link orqali yangilanadi.

  1. Yangi versiya chiqqanda dastur uni tekshiradi.
  2. App Installer yangilanishni fonda yoki keyingi ochishda ko'radi.
  3. Har safar qayta qo'lda install qilish shart emas.

Agar xatolik chiqsa

  • `0x800B0109` chiqsa, sertifikat hali to'g'ri trust qilinmagan bo'ladi. Qayta `Trusted Root Certification Authorities` ichiga import qiling.
  • Eski yuklab olingan `.appinstaller` ni emas, saytdagi linkni qayta oching.
  • Sertifikat o'rnatilgandan keyin App Installer oynasini yopib qayta oching.
  • Zarur bo'lsa kompyuterni qayta yuklang va keyin linkni yana oching.